O‘zbekiston | 23:55 / 26.10.2018
30507
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda AESning foydasi haqida multfilm ishlandi

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan yaratilayotgan “Quvvat” multiplikatsion serialining yangi qismlarini O‘zbekiston bolalariga taqdim etish ishlari ayni qizigan vaqt, deb yozadi kompaniya matbuot xizmati.

Bugungi kunda elektr quvvatisiz hayotni tasavvur qilish mumkin emasligini bolalar deyarli tug‘ilganidan boshlab biladilar. Yurishni boshlab, bo‘ylari chiroqni yoqadigan tugmaga yetganida va uni bosganlaridan so‘ng xonaga yorug‘lik to‘lishi ularni qanchalik zavqlantiradi. Kun sayin zamonaviy bolalar elektr quvvatidan ongli ravishda foydalanishni boshlamoqda.

Xonadonlarimizga qulaylik yaratayotgan bu mo‘jizaning qayerdan olinayotgani bolalarimiz uchun juda qiziq va muhimdir. Bu haqida mulohaza qilgan “Quvvat” multfilmi qahramonlari aka-singil Tohir va Zuhra elektr quvvatini ishlab chiqaradigan turli manbalarni solishtirib ko‘radilar.

Zuhra ukasiga atom elektr stansiyasi yoki AES qanchalik ko‘p elektr quvvatini ishlab chiqarishi mumkinligi va uning qiymati issiqlik elektr stansiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr quvvatiga nisbatan ancha pastligini hikoya qilib beradi. Zuhra maktab o‘quvchisi bo‘lib, ayni damda AES haqida referat yozmoqda. Axir bunday atom elektr stansiyasi tez orada O‘zbekistonda paydo bo‘ladi.

Bundan tashqari, bolalarning omadi bor ekan, chunki ularning do‘sti “Quvvat” ismli robot barcha savollarga javob bera oladi, ayniqsa, elektr quvvati haqida. Robot Tohir va Zuhraga multfilmning birinchi qismlarida elektr quvvati va gazni tejash kerakligi haqida hikoya qilib bergan. Buning uchun hech kim ko‘rmayotganida televizorni o‘chirib qo‘yish kerakligi, gaz plitasi ham ehtiyojsiz yonib turmasligi kerak va, ayniqsa, uydan chiqayotganda chiroqlarning barchasini o‘chirish zarur.

Tomoshabinlar singari multfilm qahramonlari ham o‘sib bormoqda, endi ular sehrli elektr quvvati qayerdan paydo bo‘lishiga qiziqmoqdalar, ular atom elektr stansiyasi haqidagi ma'lumot juda qiziqtirmoqda. Hatto yoshgina Tohir va Zuhra uchun atom elektr stansiyasi eng qudratli quvvat manbai bo‘lib, shu bilan birga, tabiatga zarar yetkazmasligi, ya'ni ekologik toza ekanligi muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, atom elektr stansiyasi bor hududlarda elektr quvvatini ishlab chiqarish uchun neft va gaz kamroq sarflanadi.

“Quvvat” multfilmi, uning qahramonlari va do‘stlari — aqlli robot va shumtaka mushukcha Momiqvoy yosh tomoshabinlarga muhim narsalar haqida qiziqarli hikoya qilib beradilar, ularni diqqatli bo‘lishga o‘rgatadilar va uyda gaz, yorug‘lik, issiqlik qanday paydo bo‘lishi, tabiiy resurslar nima va ularni tejash haqida ko‘proq ma'lumot berdilar. Endilikda ular zamonaviy texnologiyalar haqida ko‘proq ma'lumotga ega bo‘ldilar.

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan yaratilayotgan “Quvvat” ajoyib multfilmi bolalar va ularning ota-onalari orasida ommalashib borayotgan bo‘lib, u bolalar tabiiy resurslarni tejash va nima sababdan yangi texnologiyalarga ehtiyoj borligini tushunishga yordam beradi.

 

Mavzuga oid