Sport | 22:15 / 27.10.2018
6276
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston chempioni muddatidan oldin aniqlandi

Qozog‘iston chempionatining 31-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.

Almatining «Qayrat» klubi o‘z maydonida Pavlodarning «Irtish» klubi bilan bellashib, kutilmaganda 0:1 hisobida yutqazdi.

Bu esa musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan «Astana» klubiga qo‘l keldi. Poytaxtliklar musobaqa yakunlanishiga 3 tur qolganida 71 ochko jamg‘arib, «Qayrat»dan 10 ochko o‘zib ketib, muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritishdi. O‘z navbatida «Qayrat» kumush medallarga ega bo‘ldi. Bronza medallari 47 ochko to‘plagan «Tobol» klubiga nasib qildi.

Bu «Astana» klubining qatorasiga beshinchi chempionlik unvoni bo‘ldi. Bundan oldin jamoa 2014, 2015, 2016 va 2017 yillarda oltin medallarga ega bo‘lgan edi.

Mavzuga oid