O‘zbekiston | 13:59 / 27.10.2018
14070
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov Qozog‘istonga bordi

Qozog‘iston Respublikasi prezidenti yordamchisi — Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi kotibi Gabit Bayjanov va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov raisligida, markaziy davlat organlari rahbarlari ishtirokida o‘tgan muzokaralar chog‘ida xavfsizlikni ta'minlashga doir dolzarb masalalar ko‘rib chiqilgan, deb xabar beradi Oqo‘rda matbuot xizmati.

Foto: Oqo‘rda matbuot xizmati

Tomonlar Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik hamda xalqaro tashkilotlardagi o‘zaro hamkorlikning joriy holati va rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, kun tartibiga terrorizm va diniy ekstremizmning bo‘y ko‘rsatishiga qarshi kurashish, informatsion va kiberxavfsizlikni ta'minlash sohasidagi o‘zaro hamkorlik jihatlari, shuningdek, sudlanganlarni jazoni o‘tash uchun o‘zlari fuqarosi bo‘lgan bo‘lgan davlatlarga topshirish masalalari olib chiqildi.

Foto: Oqo‘rda matbuot xizmati

Uchrashuv doirasida tomonlar, shuningdek, suv bilan bog‘liq munosabatlar masalalari bo‘yicha yo‘l xaritasi punktlarining bajarilishining dastlabki natijalarini ko‘rib chiqishdi.

Ish yakunlari bo‘yicha ikki mamlakatning tegishli davlat organlariga aniq topshiriqlar berildi. Xavfsizlik kengashi apparatlari o‘rtasidagi maslahatlashuvlar O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlarining topshirig‘iga ko‘ra, doimiy asosda o‘tkazilib kelinmoqda.

Foto: Oqo‘rda matbuot xizmati

Mavzuga oid