Sport | 00:42 / 29.10.2018
5605
1 daqiqa o‘qiladi
Afsonaviy Rojyer Federer ATP’dagi 99-musobaqasini yutdi
Dunyoning sobiq birinchi raqamli erkak tennischisi Rojyer Federer Bazelda o‘tgan musobaqada g‘olib bo‘lib, Professional tennischilar uyushmasi – ATP’dagi 99-musobaqasini yutdi. Federer musobaqa finalida ruminiyalik raqibi Mariush Kopilani 7:6 (7:5), 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.
Federer hisobida ushbu musobaqalardagi 9 g‘alaba bor. U bu musobaqalardagi oxirgi 20 ta o‘yinida g‘alaba qozongan va qatorasiga 12 marta ushbu musobaqa finalida ishtirok etdi.
Shveytsariyalik tennischi mavsum oxirigacha Parijdagi “Masters” seriyasi musobaqasida o‘ynamoqchi. Shuningdek, Rojyer Londondagi O2 arenasida noyabrda o‘tadigan ATP’ning yakuniy chempionatiga yo‘llanma olgan.