Sport | 12:35 / 29.10.2018
18338
1 daqiqa o‘qiladi

Lopetegi «Real» futbolchilari bilan xayrlashdi

Foto: AFP

«Real» bosh murabbiyi Xulen Lopetegi La Liga doirasidagi «Barselona»ga (1:5) qarshi o‘yindan so‘ng, iste'foga chiqarib yuborilishi xavfi borligi tufayli, jamoa bilan xayrlashdi.

Marca xabariga ko‘ra, 52 yoshli mutaxassis futbolchilarga minnatdorchilik izhor qildi va yaxshi tilaklarini bildirdi. Shuningdek, «har ehtimolga qarshi sizlar bilan xayrlashaman», dedi.

Avvalroq, Lopetegi iste'foga chiqarilishi va uning o‘rniga Antonio Konte tayinlanishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mavzuga oid