Jahon | 23:07 / 31.10.2018
4570
2 daqiqa o‘qiladi

Mogerini jurnalistlar huquqlari himoyalanishi zarurligini yodga soldi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Vitvitskiy

Yevropa Ittifoqi xalqaro jurnalistlarga qarshi jinoyatlarning jazosizligini to‘xtatish kuni (2 noyabr) oldidan barcha davlatlar  OAV erkinligi va jurnalistlarning xavfsizligini himoyalash oldidagi majburiyatlarini bajarishi kerakligini yodga soldi. 

“Haddan tashqari ko‘p jurnalistlar o‘z ishi uchun tahdidlar va hujumlarga yo‘liqmoqda. Bu hujumlarni amalga oshiruvchi shaxslar esa ko‘pincha jazosiz qolmoqda”, - deyiladi YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini nomidan yo‘llangan xatda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevroittifoq mamlakatlarida jurnalistlarning o‘ldirilishi dunyoning hech bir mintaqasi bundan sug‘urtalanmaganini namoyish qilmoqda. 

“Saudiyalik jurnalistning Istanbulda o‘ldirilishi kabi  bunday dahshatli jinoyatlar yaxshilab o‘rganilishi kerak”, - deydi Mogerini va bu borada Saudiya Arabistonining ishonchli hamkorlik qilishiga umid bildiradi. 

“Yevropa Ittifoqi doirasidagi va undan tashqaridagi barcha davlatlar munosib huquqiy muhitni yaratish, jurnalistlarga bo‘layotgan tahdidlarga jiddiy e'tibor qaratish yo‘li orqali fikrni ifodalashdagi erkinlik va jurnalistlarning xavfsizligini himoyalashga oid majburiyatlarini bajarishlari zarur”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Mavzuga oid