O‘zbekiston | 15:50 / 31.10.2018
4060
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar IIBB: Jinoyatchilik 49,9 foizga kamayishiga erishildi

31 oktabr kuni Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev boshchiligida bo‘lib o‘tgan brifing davomida poytaxtda ichki ishlar tizimi faoliyati haqida ma'lumotlar berildi.

2018 yilning 1 yanvaridan 20 oktabriga qadar Toshkent shahrida umumiy jinoyatchiliklar soni 49,9 foizga kamayishiga erishilgan.

274ta, shu jumladan 159ta o‘g‘irlik, 69ta firibgarlik, 11ta transport vositalarini olib qochish, 9ta talonchilik, 5ta bezorilik,  2ta bosqinchilik va boshqa xil jinoyatlar issiq izidan fosh etildi. Yil boshidan buyon 826 nafar qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilar ushlandi.

335 nafar shaxs bedarak yo‘qolgan sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 168 nafar bedarak ketgan fuqarolar topilib, oilasi bag‘riga qaytarilgan.

Giyohvandlikka qarshi tadbirlar natijasida 723ta holat aniqlanib, 44,366 kilogramm giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.

O‘tgan davr davomida poytaxtda 1089ta yong‘in qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga kamdir.

YHXX xodimlari tomonidan 630 551 qoidabuzarlik aniqlangan bo‘lsa, Toshkent shahrining 115ta chorrahasida o‘rnatilgan kameralar tomonidan 199 249ta qoida buzish holatlari qayd etilgan. 20 oktabrga qadar poytaxtda 930ta YTH qayd qilingan va bunday holatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 235taga kamaygan.

Mavzuga oid