Jahon | 01:31 / 01.11.2018
7683
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston kuchlari tarixda ilk bor BMTning tinchlikparvarlik missiyasida ishtirok etmoqda

Qozog‘iston tinchlikparvar rotasining 120 harbiysi “Indbat” hind bataloni tarkibida “BMTning Livandagi vaqtinchalik kuchlari” missiyasida ishtirok etgani Livanga yetib keldi.

Qozog‘iston qurolli kuchlari tarixida mamlakatning tinchlikparvar kuchlari ilk bor BMTning Livanda tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash missiyasida ishtirok etmoqda. Shu maqsadda hindistonlik hamkorlar bilan tinchlikparvar rotani tartibga solish doirasida zarur tayyorgarlik ishi o‘tkazilgan. BMT mandatiga ko‘ra, Qozog‘iston vakillari hududni patrullash; kuzatuv postlarini tashkillashtirish; o‘t ochishni to‘xtatishga amal qilinishi ortidan kuzatish vazifalarini bajaradi.  

Ta'kidlanishicha, tinchlikparvar operatsiyasi vaqtida qozog‘istonlik harbiylar uch marta kattaroq maosh bilan ta'minlanadilar. Shuningdek, BMT qo‘shinlarni yuborayotgan davlatning xarajatlarini belgilangan stavkalar bo‘yicha qoplab beradi. Bu stavka bir harbiyga bir oyga 1428 dollarni tashkil qiladi. Shuningdek, har bir harbiyga kuniga 1,28 dollar qo‘shimcha haq, 15 kunlik ta'til vaqtida sog‘lomlashtirish uchun kuniga 10,5 dollardan to‘lanadi. Ta'til har 6 oyda beriladi.   

 

Mavzuga oid