O‘zbekiston | 16:36 / 01.11.2018
16049
2 daqiqa o‘qiladi

MSK ikki deputatning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatdi

2018 yil 30 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi.

Majlisda joriy yilning 27 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Toshkent shahar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a'zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bayonnomasiga asosan Dilorom G‘ofurjonovna Toshmuhamedova O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zosi etib ro‘yxatga olindi.

Dilorom Toshmuhamedova

Shuningdek, majlisda 5-Xo‘jayli saylov okrugidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Salauatdin Xudaybergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri lavozimiga hamda 135-Shayxontohur saylov okrugidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Elbek Habibullayevich Shukurov Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganliklari munosabati bilan ularning deputatlik vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.

Salauatdin Xudaybergenov
Elbek Habibullayevich Shukurov

Majlisda Komissiya vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid