Sport | 01:03 / 03.11.2018
20511
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldinoning pasporti olib qo‘yildi

Foto: Ian MacNicol/Getty Images

Braziliyalik mashhur futbolchi Ronaldino qarzlar tufayli pasportidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda Globo Esporte ma'lum qildi.  

Ma'lumotlarga ko‘ra, sobiq futbolchi 2015 yilda taqiqlangan joyda ombor va baliq tutish platformasini qurish bilan ekologik ziyon yetkazgani uchun jarimaga tortilgan. Biroq Ronaldino jarimani to‘lamagan va shu sababli sud uning pasportini olib qo‘yishga qaror qilgan. Shuningdek, ushbu ishga futbolchining ukasi Roberto de Assis ham aralashgan.

38 yoshli Ronaldino joriy yanvarda futbolchilik faoliyatini yakunladi. U o‘z vaqtida “PSJ”, “Barselona”, “Milan” kabi mashhur klublar safida to‘p surgan. 2005 yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilib, “Oltin to‘p” bilan taqdirlangan. 

Mavzuga oid