Sport | 11:38 / 05.11.2018
6446
1 daqiqa o‘qiladi

Xachanov Jokovichni mag‘lub etib, Parij turnirida g‘olib bo‘ldi

Foto: EPA

Rossiyalik tennischi Karen Xachanov serbiyalik Novak Jokovichni mag‘lub etib, ATP Masters turniri g‘olibi bo‘ldi. 5,4 mln yevro sovrin jamg‘armasiga ega bo‘lgan musobaqa Parijda tashkil etildi. 4 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv 7:5, 6:4 hisobi bilan rossiyalik sportchi foydasiga hal bo‘ldi. 

Ta'kidlash o‘rinli, dunyoning 16-raketkasi finalgacha ATP reytingining Top-10taligidan o‘rin olgan uch tennischi – amerikalik Jon Izner, avstriyalik Dominik Tim hamda germaniyalik Aleksandr Zverevdan ustun kelishga muvaffaq bo‘lgandi. 

Xachanov Jokovichning g‘alabali yurishiga barham berish bilan ATP Masters turniri bo‘yicha Rafael Nadal rekordini takrorlashga imkon bermadi. Xachanov g‘alabasi uchun tashkilotchilar tomonidan 973 480 yevro pul mukofoti bilan taqdirlandi. 

 

Mavzuga oid