Jamiyat | 15:02 / 05.11.2018
18667
3 daqiqa o‘qiladi

Qur'oni Karimning brayl yozuvidagi noyob nusxasi O‘zbekistonga keltirildi

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati

Oktabr oyi oxirida Toshkentdagi Shayx Zayniddin jome masjidida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etilgan edi. Unda bir qator masalalar muhokama etilib, har oyning birinchi yakshanbasi «Muruvvat kuni» sifatida belgilangan edi.

Kecha, 4 noyabr kuni Toshkentdagi «Rayhon» milliy taomlar oshxonasida «Muruvvat kuni» doirasidagi dastlabki uchrashuv tashkil etildi. Unda 250 nafar ko‘zi ojiz hamda eshitish va gapirishda imkoniyati cheklangan fuqarolar ishtirok etdi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati ma'lum qildi.

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati
Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati

Uchrashuvda qo‘mita tomonidan Qur'oni Karimning brayl yozuvidagi, Saudiya Arabistonidan maxsus keltirilgan noyob nusxasi ko‘zi ojizlarga tuhfa etildi, shuningdek, “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ham qimmatli sovg‘alar taqdim etildi.

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati
Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati

Muloqot davomida imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz tomonidan namoz, poklik va boshqa diniy adabiyotlarni brayl yozuvida nashr qilish va audio-disklar chiqarish, ma'rifiy suhbatlar sonini yanada ko‘paytirish, shuningdek, diniy-ma'rifiy tadbirlarni o‘tkazish uchun bino ajratish, diniy teleko‘rsatuvlarga surdo tarjimonlarni biriktirish, juma ma'ruzalarini surdo tarjimonlar yordamida onlayn tartibda berib borish, imkoniyati cheklangan insonlar uchun maxsus sayt tashkil qilish bo‘yicha qator takliflar bildirildi.

«O‘zbekistonda 23 ming nafar kar-saqov bo‘lsa-da, ularga 50 nafargina surdotarjimon bor, – deydi mehmonlardan biri. – Hech bo‘lmasa, 300 nafar ana shunday tarjimon kerak. Bugungi kunda masjidlarda ham surdo tarjimonlarga katta ehtiyoj bor».

Tadbirda shu kabi muammolar va ularning yechimi yo‘lida qator takliflar bildirildi. Keyingi muruvvat kuniga qadar amalga oshiriladigan rejalar belgilab olindi.

Navbatdagi “Muruvvat kuni” 2 dekabrda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid