Light | 20:01 / 05.11.2018
62100
1 daqiqa o‘qiladi

Vaznni tezroq tashlashda nima yordam berishi ma'lum qilindi

Foto: Fotolia / Jürgen Fälchle

Amerikalik olimlar kundalik vazn o‘lchash ozishga yordam berishini isbotlashdi. 

Tadqiqotda mingdan ko‘proq odam ishtirok etgan. Olimlar bir yil davomida ko‘ngillilar qancha ko‘p marta vazn o‘lchashgani va ularning vazni o‘zgarishini qayd qilib borishgan. 

Ishtirokchilar orasida muntazam ravishda vazn o‘lchaydigan va buni mustaqil qilmaydiganlar bo‘lgan. Vazn o‘lchashlar soniga ko‘ra sinaluvchilar bir necha guruhga bo‘lingan. 

Aniqlanishicha, haftasiga bir marta vazn o‘lchaganlar yil davomida umuman ozmaganlar. Bu orada haftasiga vaznini 6-7 marta o‘lchaganlarda vazn kamaygani kuzatilgan. Vaholanki, olimlar tadqiqot davomida sinaluvchilarga ovqatlanish yoki mashq qilish bo‘yicha hech qanday tavsiyalar berishmagan. 

Olimlarning fikricha, tadqiqot natijalari samaraliroq ozish uchun vaznni mustaqil nazorat qilish muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi.

Mavzuga oid