Jahon | 02:14 / 08.11.2018
13524
1 daqiqa o‘qiladi

Donald Tramp AQSh bosh prokurori iste'fosini e'lon qildi

Foto: AP / Andrew Harnik

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat bosh prokurori va bir vaqtning o‘zida adliya vaziri hisoblanuvchi Jyeff Seshnsning istefoga chiqarilganini o‘z Tvitter akkanutida e'lon qildi.

Donald Tramp Metyu Uitakerni Jyeff Seshns o‘rniga bosh prokuror vazifasini bajaruvchi etib tayinladi.

«Biz bosh prokuror Jyeff Seshnsning adliya vazirligidagi apparati boshlig‘i Metyu Uitakerning yangi bosh prokurori vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganini e'lon qilishdan xursandmiz», — deb yozdi Tramp o‘z Tvitterida.

Ikkinchi tvitida u Seshnsga xizmatlari uchun tashakkur e'lon qilib, bu lavozimning doimiy egasi keyinroq e'lon qilinishini bildirib o‘tdi.

Bungacha AQSh prezidenti Donald Tramp Seshnsni uning adliya vazirligidagi boshqaruvidan qoniqmayotganligini bildirib bir necha bor, jumladan omma oldida ham tanqid qilib kelayotgan edi.

Mavzuga oid