Norvegiya yaqinida fregat va tanker to‘qnashib ketdi
Norvegiya sohillari yaqinida neft tankeri va NATO mashg‘ulotlarida ishtirok etgan fregat to‘qnashib ketdi. Oqibatda 7 kishiga jarohat yetgan. Bu haqda Norvegiya qutqaruv xizmati vakili Ule Yakob Xartvigsen ma'lum qildi.
“7 kishi jabrlangan. Voqea hududiga o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruv qayiqlari va g‘avvoslar jo‘natilgan. Evakuatsiya boshlangan”, deb ma'lum qilgan Xartvigsen.
Ma'lum bo‘lishicha, Sola TS tankeri va Helge Ingstad fregati tanker Sture terminalidan chiqayotganda to‘qnashib ketgan. To‘qnashuv yuz bergan vaqtda fregatda 137 kishi, tankerda 25 kishi bo‘lgan.
Keyinroq ma'lum qilinishicha, ikki kemadan ham odamlar evakuatsiya qilinishga ulgurilgan. Favqulodda xizmatlar fregat suv ostiga ketishi mumkinligidan xavotirlanishmoqda, chunki unda hosil bo‘lgan yoriq orqali kema ichiga tortib olinayotgandan ko‘proq suv kirmoqda.
Mavzuga oid
14:00 / 17.12.2024
Norvegiya Ukraina HDKga 230 mln yevrolik yordam o‘tkazadi
10:26 / 05.12.2024
Norvegiya neft jamg‘armasi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun RF aktivlarini sotadi
19:45 / 22.11.2024
Norvegiyada AQSh elchixonasi qo‘riqchisi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi
12:00 / 21.11.2024