Jahon | 09:06 / 13.11.2018
7468
2 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi G‘azo sektori bo‘yicha bayonot berdi

Foto: RIA Novosti / Sergey Pyatakov

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterresh G‘azo sektoridagi mojaroda ishtirok etayotgan barcha tomonlarni vazminlikka chaqirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Guterresh mintaqadagi vaziyatni «jiddiy kuzatib bormoqda».

Ta'kidlanishicha, bosh kotib mojaroda ishtirok etayotgan barcha tomonlarni «maksimal darajadagi vazminlikka» chaqirgan.

Falastinlik jangarilar Isroil maxsus xizmatining 7 falastinlikning o‘limiga olib kelgan operatsiyasiga javoban G‘azo sektoridan Isroil tomon 300 ga yaqin raketa otdi. Raketalar Sderot va Ashkelon shaharlaridagi turar joy binolariga va avtobusga tekkan. Hujum oqibatida kamida 34 isroillik yaralanish olib va stress holatida shifoxonalarga yetkazilgan. 

Isroil bunga javoban G‘azo sektoridagi o‘nlab turli obektlarga havodan va yerdan zarbalar bermoqda. Bu zarbalar oqibatida kamida 3 falastinlik halok bo‘lgan. Shuningdek, HAMASga tegishli sektordagi “Al-Aqso” mahalliy telekanali bombardimonga uchragan. 

Falastin yetakchisi Mahsud Abbos jahon hamjamiyatini sektordagi vaziyatga aralashish va Isroil tajovuzini to‘xtatishga chaqirdi. U “Isroil tajovuzini qoralab, xalqaro hamjamiyatni zudlik bilan vaziyatga aralashib, bu tajovuzni to‘xtatishga hamda mintaqaning yanada ko‘proq vayrongarchiliklar va beqarorsizlikka botib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq HAMAS harbiy qo‘mondoni G‘azo sektorida halok bo‘lgandi.

G‘azo sektorida Isroil maxsus topshiriqli kuchlari tomonidan amalga oshirilgan amaliyot vaqtida «Izz ad-Din al-Qassam» brigadasi a'zosi sanalgan, HAMAS harbiy qo‘mondoni Nur Baraka halok bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, shuningdek olti nafar falastinlik harbiy hayotdan ko‘z yumdi.

Mavzuga oid