O‘zbekiston | 19:27 / 14.11.2018
8485
3 daqiqa o‘qiladi

Amerika universiteti O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun investitsiya kiritmoqchi

AQShning Michigan shtati universitetining rahbar xodimlari va ekspertlari Toshkent davlat Agrar universitetiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif 2017 yilda ikki universitet o‘rtasida imzolangan memorandum asosida amalga oshirildi.

Delegatsiya a'zolari Michigan shtati universitetining qishloq xo‘jaligida maslahat markazi direktori Jyeffri Dayyer, qishloq xo‘jaligi va agrobiznes instituti direktori Ronald Bayts, universitet professorlari Jorj Byorg va Karim Meridia O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va oliy agrar ta'limni rivojlanishi bilan tanishishdi. Shuningdek, sohaga investitsiya kiritish imkoniyatlarini o‘rgandi. 

Tashrif davomida delegatsiya Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyati bilan uchrashdi va o‘simliklarni biologik himoya qilish laboratoriyasi, universitet o‘quv tajriba stansiyasiga tashrif buyurdi. 

Delegatsiya Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirliklari mutasaddi xodimlari bilan uchrashgan. Bundan tashqari, Toshkent viloyati, Parkent tumanida joylashgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari, O‘simliklar klinikasi, O‘simliklarni biologik himoya qilish laboratoriyalari bilan ham tanishgan. 

14 noyabr kuni delegatsiya Samarqand shahridagi Veterinariya meditsina institutida bo‘ldi. Ushbu tashrif O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalari va Michigan shtati universiteti o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashuvini amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.

Shuningdek, ikki tomonlama diplom berish qo‘shma dasturlarni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalarida joriy etish, sohasi rivojida AQSh tajribasidan foydalanish va bu borada maslahat markazlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kelgusida AQSh qishloq xo‘jaligi sohasidagi yetuk professor-o‘qituvchilarni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalarida leksiyalar o‘qishlarini joriy etish ham ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid