Sport | 22:41 / 14.11.2018
4755
1 daqiqa o‘qiladi

APL klublari legionerlar chekloviga qarshi

Angliya Premer-Ligasi klublari legionerlarga nisbatan o‘rnatiladigan cheklovlarga qarshilik qilmoqda, deb xabar beradi «Sovetskiy sport».

Avvalroq, Angliya futbol assotsiatsiyasi mamlakat futbolidagi legionerlar sonini qisqartirish g‘oyasini ilgari surgan edi. Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi tufayli, limit kuchaytirilishi va legionerlar soni 17dan 12ga qisqartirilishi mumkin.

Daily Mail xabariga ko‘ra, klublar bunga qarshi ovoz berishmoqchi, chunki bu choralar o‘yinlarning tomoshabopligini keskin pasaytiradi.

Hozirgi paytda 13ta klub, jumladan «Manchester Siti», «Liverpul», «Chelsi» va «Tottenhem» o‘z tarkibida 12 nafardan ortiq xorijlik futbolchiga ega.

Mavzuga oid