Turkiya 83 ta davlatdan Gulen tarafdorlarining topshirilishini talab qildi
Turkiya 83 ta davlatdan Fathulla Gulen boshchilik qiluvchi FETO harakatining 452 a'zosi topshirilishini talab qildi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu ma'lum qilgan.
“FETO’ning xorijiy bo‘limlari boshliqlari bo‘yicha olib borilgan tergov doirasida 452 kishining topshirilishiga so‘rov tayyorlandi. Bu so‘rovlar ular aniqlangan 83 davlatga jo‘natildi”, deb aytgan Chovusho‘g‘lu.
Turkiya hukumati Gulenni 2016 yil 16 iyulga o‘tar kechasi sodir etilgan davlat to‘ntaruviga urinishga aloqadorlikda ayblab keladi. Anqara Vashingtondan AQShda yashovchi va Turkiyada sirtdan hibsga olingan Gulenning topshirilishini talab qilib keladi. Gulenning o‘zi esa to‘ntaruvga hech qanday aloqasi yo‘qligini ta'kidlab keladi.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024