O‘zbekiston | 10:59 / 14.11.2018
13810
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni oshirdi, neft qazib olishni qisqartirdi

Foto: autonews.ua

2018 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni 2017 yilning shu davriga nisbatan 6,2% ga oshirdi - 966,8 ming tonnagacha. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak bermoqda.

Hisobot davrida dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish hajmi 900,1 ming tonnani tashkil qildi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 10,6% ga ko‘pdir.

Shu bilan birga, 2018 yil yanvar-oktabrda O‘zbekiston neft qazib olishni 2017 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 9,2 foizga qisqartirdi - 624,3 ming tonnagacha.

2018 yil yanvar-oktabr oylarida tabiiy gaz qazib olish hajmi qariyb 49,46 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 6,8 foizga ko‘p.

2018 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 1,74 million tonnadan ortiq gaz kondensati oldi, bu 2017 yilning tegishli davriga nisbatan 10,5 foizga ko‘pdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston yanvar-oktabr oylarida qancha yengil avtomobil ishlab chiqargani ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid