Sport | 08:05 / 16.11.2018
8868
2 daqiqa o‘qiladi

Angliya Runining terma uchun so‘nggi o‘yinida AQShni taslim etdi

Angliya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida AQShni o‘z maydonida qabul qildi. «Uembli» stadionida kechgan bahs mezbonlarning 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

Foto: Toby Melville/Reuters

G‘oliblar safida Jyessi Lingard, Trent Aleksander-Arnold va Kallum Uilson o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Dele Alli, Jyeydon Sancho hamda Fabian Delf golli uzatmalar muallifiga aylanishdi.

Uchrashuv Amerikaning «Di Si Yunayted» klubi angliyalik hujumchisi Ueyn Runi va uning xayriya jamg‘armasi sharafiga o‘tkazildi. Bahsning 58-daqiqasida maydonga tushgan 33 yoshli futbolchi uchun o‘yin 120-uchrashuvga hamda Angliya termasi tarkibidagi so‘nggi bellashuvga aylandi.

Foto: Joe Toth/BPI/REX/Shutterstock

Runi Angliya termasi uchun o‘z ishtirokini yakunlashi haqida 2016 yilda ma'lum qildi. Hammasi bo‘lib u milliy terma uchun 120 o‘yin o‘tkazib, 53ta gol kiritdi va uning tarixidagi eng yaxshi to‘purar sanaladi. Forvard joriy mavsumda MLS chempionatida «Di-Si Yunayted» uchun 20ta bahsda maydonga tushib, 12ta gol muallifiga aylandi.

Angliya – AQSh 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar
: 1:0 – 25 Lingard, 2:0 – 27 Aleksander-Arnold, 3:0 – 77 Uilson.
Angliya – Pikford (Makkarti, 46), Dank, Kin, Chiluell (Dayyer, 58), Delf, Alli (Xenderson, 58), Sancho, Lingard (Runi, 58), Uinks (Loftus-Chik, 70), Aleksander-Arnold, Uilson (Reshford, 79).
AQSh – Gyuzan, Myazga, Vilyafanya (Mur, 88), Yyedlin, Bruks, Pulishich, Trapp (Akosta, 70), Makkenni (Letxet, 76), Grin (Adams, 62), Vea (Sayyef, 76), Vud.

Foto: Dave Shopland/BPI/Rex/Shutterstock

Mavzuga oid