Jamiyat | 15:59 / 17.11.2018
26473
1 daqiqa o‘qiladi

Kelesda IIB xodimi pichoqlandi

Illyustrativ foto

Shu yil 16 noyabr kuni Toshkent tumani Keles shahrida yashovchi N.D. (ayol) o‘zi ishlayotgan “Maximal-Market” do‘konida fuqaro B.A. bilan o‘zaro janjallashayotgan vaqtida do‘konga xarid uchun kirgan Toshkent tumani IIB xodimi, leytenant S.M. ularni ajratmoqchi bo‘lganida fuqaro B.A. pichoq bilan xodimga jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada leytenant S.M.ga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. B.A. qo‘lga olingan.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid