Sport | 22:30 / 17.11.2018
10413
1 daqiqa o‘qiladi

Neymar Braziliya terma jamoasi to‘purari Pelega yaqinlashmoqda

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar o‘rtoqlik o‘yinida Urugvay (1:0) darvozasini ishg‘ol qildi.

Bu 26 yoshli futbolchi uchun «selesao» tarkibidagi 95ta o‘yinda urilgan 60-gol bo‘ldi.

Ayni paytda Neymar Braziliya terma jamoasi to‘purarlari ro‘yxatida 3-o‘rinda bormoqda, deb xabar beradi ESPN. 

2-o‘rinni 98ta o‘yinda 62ta gol urgan Ronaldo egallab turibdi. 1-o‘rin afsonaviy Pelega tegishli - 92ta o‘yinda 77ta gol.

Mavzuga oid