Taksichi yo‘lovchiga karmonini qaytarishga 8 soat urindi va uni topganda yig‘lab yubordi
Moskvada qirg‘izistonlik taksichi mashinada karmonini unutib qoldirgan qizni topish uchun sovuqda 8 soat vaqt o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda qizning o‘zi Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilgan.
Varya Bortsova ismli ushbu qiz Moskvaga tonggi soat 5 da uchib kelgan va uyiga yetib olish uchun taksi yollagan. U keyingi kun peshin vaqtida uyqudan turgach, taksida pullar, hujjatlari va bank kartalari bo‘lgan karmonini unutib qoldirganini aniqlagan. Qiz qo‘llab-quvvatlash xizmati orqali haydovchini topishga uringan, biroq unga yordam bera olishmagan.
“Keyingi yarim soat ichida men rus mafiyasi shaxsiy ma'lumotlarimni o‘g‘irlab, Sochida mening pullarimga bazm uyushtirganini tasavvur qila boshladim”, deb yozgan qiz. Shunda uning otasi derazadan tashqariga qaraganda, pod'yezd oldida bir erkakka ko‘zi tushgan. Aniqlanishicha, bu erkak o‘sha taksichi bo‘lgan.
O‘z navbatida, taksichi mashinasida unutib qoldirilgan karmonni ko‘rib, taksopark koll-markazi bilan bog‘langan, biroq u yerda yo‘lovchining ma'lumotlari saqlab qolinmagan. O‘shanda u qizning uyiga qaytib, uni qidirishga urinib 8 soat ko‘chada o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan. Qiz uyidan chiqqanda esa ularning ikkisi ham yig‘lab yuborishgan. “Qancha uxlash mumkin? Men sovqotib ketdim!”, deb aytgan taksichi.
Ta'kidlanishicha, qiz minnatdorchilik sifatida taksichiga unga to‘lagan kira haqidan 5 marta kattaroq pul bergan.
Mavzuga oid
15:29 / 11.12.2024
Moskvadagi harbiy sud terrorizm bo‘yicha deyarli barcha ishlarni yashirdi
20:42 / 04.12.2024
Rossiyada «Krokus»dagi teraktga aloqador yana to‘rt kishi qo‘lga olindi
10:57 / 26.11.2024
Krokus terakti: gumondorlarni qamoqda saqlash muddati yana uzaytirildi, lekin buyurtmachi hamon aniq emas
11:47 / 13.11.2024