OAV: Ivanka Tramp Oq uy qoidalarini qo‘pol ravishda buzdi
AQSh prezidentining qizi va maslahatchisi Ivanka Tramp federal hujjatlarni yuritish qoidalarini qo‘pol tarzda buzib, ish yozishmalari uchun shaxsiy pochtasidan foydalangan. Bu haqda Washington Post xabar bermoqda.
Nashr manbalari so‘zlariga ko‘ra, Ivanka shaxsiy pochta manzilidan foydalanib, o‘z yordamchilari va prezident ma'muriyati xodimlariga «yuzlab maktublar» yuborgan. Ta'kidlanishicha, ba'zi xodimlar AQSh prezidentining qizi tomonidan shaxsiy pochtadan yuborilgan maktublar hajmi va uning reaksiyasidan hayratga tushishgan. Manbalar xabariga ko‘ra, Ivankaning reaksiyasidan kelib chiqilsa, u Oq uyning yozishmalar bo‘yicha qoidalari bilan tanish bo‘lmagani oydinlashadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ivanka Tramp BMTdagi doimiy vakil lavozimidan bosh tortgandi.
AQSh prezidentining qizi va maslahatchisi Ivanka Trampning tvitterda ma'lum qilishicha, Nikki Xeyli ketgani tufayli Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi AQSh doimiy vakili lavozimini egallamaydi.