Jamiyat | 17:52 / 20.11.2018
7881
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zagrosug‘urta» Navoiy viloyat filiali boshqaruvchisiga ma'muriy jarima jazosi qo‘llanildi 

Bosh prokuratura tomonidan fuqaro F.E.ning «O‘zagrosug‘urta» AJ Navoiy viloyat filiali mansabdor shaxslarining harakatlaridan noroziligi haqidagi murojaati ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda mahkama matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, filial boshqaruvchisining 19.10.2018 yildagi buyrug‘iga asosan F.E. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

O‘rganishda, mazkur buyruq qonunga zid ekanligi aniqlanib, unga nisbatan protest keltirildi va bekor qilinishi ta'minlandi.

Shuningdek, «O‘zagrosug‘urta» AJ Navoiy viloyat filiali boshqaruvchisi A.Q.ga MJtKning 49-moddasi bilan ma'muriy jarima jazosi qo‘llanildi.

Mavzuga oid