Fan-texnika | 23:51 / 21.11.2018
25637
1 daqiqa o‘qiladi

Smartfon sinishining eng keng tarqalgan sababi aniqlandi

Foto: Michaela Rehle / Reuters

Amerikaning texnika ta'mirlovi bilan shug‘ullanuvchi SquareTrade kompaniyasi AQShdagi smartfonlarning buzilishi bilan bog‘liq eng keng tarqalgan sabablarni keltirdi. Tadqiqot natijalari haqida PhoneArena xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, AQShdagi foydalanuvchilarining 66 foizi smartfon sinishi bilan to‘qnashgan, bundan 29 foizi telefonlar ekrani sinishi natijasida murojaat qilgan. Shunday qilib, bir yilda Amerikada 50 milliondan ortiq ekran singan, ularni ta'mirlashga ketgan umumiy summa esa 3,4 milliard dollarni tashkil qiladi. Qayd etish joizki, ekran singan taqdirda, foydalanuvchilarning 34 foizi shishani almashtirishdan voz kechadi, 27 foizi esa smartfon g‘ilofdan foydalanish vaqtida singanini aytadi. 

Shuningdek, foydalanuvchilar ustaxonalarga tirnalgan ekran (27 foiz), akkumulyator buzilishi (22 foiz) hamda ekran ishlamasligi (16 foiz) va korpus burchaklarining urinishi (16 foiz)dan shikoyat qilib murojaat qilishadi. 74 foiz holatda telefonni ta'mirlashga olib kelishga smartfonning yerga tushishi sabab bo‘ladi. 

Mavzuga oid