Jahon | 10:21 / 22.11.2018
20114
1 daqiqa o‘qiladi

Farrosh ayol shahodatnomasidagi raqamni o‘zgartirgani uchun 10 yillik qamoq jazosiga tortildi

Foto: © Flickr/n e o g e j o

Gretsiyaning Larisa shahri sudi maktabda farrosh bo‘lib ishlovchi ayolni firibgarlik uchun 10 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi. Ayol ta'lim haqidagi shahodatnomasidagi 5 raqamini 6 qilib o‘zgartirganlikda, ya'ni 5-sinfni bitirgani o‘rniga 6-sinfni bitirgan qilib ko‘rsatganlikda ayblangan. 

Taxydromos nashrining ma'lum qilishicha, ayol 1996 yilda maktab farroshi lavozimiga tanlovda ishtirok etgan. Ayol tanlovda ishtirok etish uchun shahodatnomasiga yana bir yil qo‘shib qo‘ygan.

Sud hukmi grek jamiyatida norozilik uyg‘otgan. 53 yoshli ayolning ozod etilishini mahalliy kasaba va ayollar uyushmalari talab qilmoqda. Ta'kidlanishicha, ayol farzandlari va nogiron erini boqish  uchun shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lgan. 

Mavzuga oid