Fan-texnika | 09:55 / 22.11.2018
7007
1 daqiqa o‘qiladi

Kompyuterda antivirusni o‘chirib tashlovchi virus aniqlandi

Foto: DPA/TASS

“Doktor Veb” kompaniyasi mutaxassislari o‘rnatilishi vaqtida kompyuterdagi antivirus dasturini o‘chirib tashlovchi virus aniqlanganini ma'lum qilishdi. 

Linux.BtcMine.174 deb nomlanuvchi ushbu troyan virusi kompyuterga tushganda Linux.BackDoor.Gates.9 deb nomlanuvchi va DDoS-hujumlarda ishtirok eta oluvchi boshqa virusni o‘rnatadi. So‘ngra virus kompyuterda boshqa raqobatchi virus-maynerlarni izlab, ularni yopadi. Keyin esa antivirus dasturlarini qidirib, ularni o‘chirib tashlaydi.

Shundan keyin virus foydalanuvchi bilan “yakkama-yakka qolib”, avtoyuklanishda qayd qilinadi va Monero kriptovalyutasini mayning qilish jarayonini ishga tushiradi. Virus dastur to‘g‘ri ishlayotganini muntazam tekshirib turadi va muammo holatida uni qayta yuklaydi hamda muntazam ravishda yangilanmalarini o‘rnatib turadi. Mutaxassislar yangi virusdan himoyalanish uchun antivirus tizimlarini tez-tez yangilab turishni tavsiya qilishmoqda.

Mavzuga oid