Jahon | 19:39 / 25.11.2018
8202
2 daqiqa o‘qiladi

Alabama shtatida politsiyachi qora tanli yigitni otib qo‘yganidan keyin noroziliklar boshlandi

Foto: SS0 Public Domain

AQShning Alabama shtatida politsiyachi tomonidan qora tanli yigit Emantik Fitsdjyerald Bredford otib qo‘yilgandan keyin ommaviy noroziliklar boshlandi. Voqea Guver shahridagi savdo markazida yuz bergan. 

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, namoyishchilar politsiyadan javob talab qilishmoqda. 

21 yoshli yigit AQShda an'anaga kirgan “qora juma” kuni, savdo markazida bir guruh yoshlar orasida navbatda turish uchun to‘polon chiqqan vaqtda otib qo‘yilgan. To‘polon vaqtida olomon orasida kimdir o‘q uza boshlagan, buning oqibatida 4 kishi, jumladan 12 yashar qiz yaralangan. Politsiya buni Bredford amalga oshirgan deb o‘ylab, uni otib qo‘ygan. 

Biroq keyinroq ma'lum bo‘lishicha, otishmani boshqa odam sodir etgan va u olomon orasida yashirinishga muvaffaq bo‘lgan 

Yigitni otib qo‘ygan politsiyachi ta'tilga chiqarib yuborilgan.

Prokuratura ushbu voqea yuzasidan tergov olib bormoqda. Shuningdek, Guver politsiyasi ham ichki tergov o‘tkazmoqda.

Mavzuga oid