Jamiyat | 17:16 / 26.11.2018
7340
1 daqiqa o‘qiladi

Bojxonachilar qariyb 700 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan kosmetika mahsulotlarini fosh etishdi

Xorijiy davlatdan poytaxtda faoliyat yurituvchi mas'uliyati cheklangan jamiyat nomiga kelgan tovarlarga tegishli yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlariga muvofiq kosmetika va pol uchun ishlatiladigan laminatsiya qoplamalari olib kelinishi lozim edi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi.

Foto: Toshkent shahar bojxona boshqarmasi

Bojxonachilar mazkur tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazishganida, bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilgan pol uchun ishlatiladigan laminatsiya qoplamalari tovarlari mavjud emasligi, ularning o‘rniga esa hujjatda ko‘rsatilganidan ortiqcha qiymati 690 million so‘mlik, 22 turdagi 187 078 dona kosmetika tovarlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid