Jamiyat | 12:54 / 26.11.2018
9318
1 daqiqa o‘qiladi

Fuqaroni 348 mln so‘mlik palma yog‘iga «uxlatib» ketishdi 

Illyustrativ foto

Namangan tumanida 17 noyabr kuni Chorbog‘ mahallasida yashovchi M.O. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 20 aprel kuni Namangan shahrida yashovchi V.Yu. 348 mln. 300 ming so‘mlik “Lazzat” nomli palma yog‘larini olib ketib, pulini 10 kun ichida olib kelishini aytib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, pullarni shu kunga qadar bermayotganligini ma'lum qilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida V.Yu. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid