Nissan Karlos Gon mojarosi fonida Renault bilan ittifoqni qayta ko‘rib chiqmoqchi
Yaponiyaning Nissan avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bosh direktori Xiroto Saykava Fransiyaga tegishli Renault korporatsiyasi bilan ittifoq imkoniyati qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini bildirdi. Bu Karlos Gonning hibsga olinishi munosabati bilan yuz beradi, deb xabar qilmoqda Kyodo yapon kompaniyasidagi manbaga asosan.
Ta'kidlanishicha, Saykava xodimlar yig‘ilishida Nissan va Renault o‘rtasidagi munosabatlarni «teng bo‘lmagan», deb atadi.
Aniqlik kiritilishicha, Renault Nissan’ning 43,4 foiz aksiyasiga egalik qiladi. Shu bilan birga, yapon avtokonsernida Fransiya korporatsiyasining 15 foiz aksiyasi bor va ovoz berishda huquqi yo‘q.
Avvalroq, Nissan kompaniyasi Karlos Gonni direktorlar kengashining raisi, shuningdek, direktor-vakil lavozimidan olib tashlaganligi xabar qilingandi. Bu qaror Gon moliyaviy nayranglarda gumonlanib hibsga olinishi fonida qabul qilindi. Tergovga ko‘ra, top-menejyer deklaratsiyalarda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash maqsadida o‘z ish haqi miqdorini ataylab kamaytirib ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Karlos Gon Nissan’ni tark etganidan keyin 70 mln dollar olishi kerak bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
20:28 / 23.12.2024
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
23:35 / 15.11.2024
Fransiya prokuraturasi madaniyat vazirini sudga topshirishni talab qildi
20:03 / 08.11.2024
Nissan savdolar tushib ketgani tufayli minglab xodimlarini ishdan bo‘shatadi
21:25 / 18.03.2024