O‘zbekiston | 15:48 / 26.11.2018
7412
2 daqiqa o‘qiladi

Nuriddinjon Ismoilov O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishini ma'lum qildi 

Foto: parliament.gov.uz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddinjon Ismoilov boshchiligidagi mamlakat parlamenti delegatsiyasining Qozog‘iston Respublikasiga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

2018 yilning 26 noyabr kuni delegatsiya a'zolari Qozog‘iston Respublikasi birinchi prezidenti kuniga bag‘ishlab Ostona shahrida o‘tkazilgan “Ostona – global integratsiya, tinchlik va xavfsizlik markazi” mavzusidagi xalqaro parlament anjumanida ishtirok etdilar.

Anjumanda Ozarboyjon, Italiya, Qirg‘iziston, Litva, Rossiya, Turkiya, parlamentlari a'zolari, shuningdek, Germaniya, Hindiston, Ispaniya, Xitoy, Shvetsiya kabi mamlakatlardan tashrif buyurgan ekspertlar va xalqaro tashkilotlarning vakillari qatnashdi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri so‘zga chiqib, O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi bu – Markaziy Osiyo ekanini ta'kidlab o‘tdi. 

Shuningdek, O‘zbekiston mintaqaga oid masalalarda katta integratsiyaga jiddiy kirishgani, o‘tgan yillar mobaynida mintaqa mamlakatlari o‘rtasida ko‘plab masalalar to‘planib qolganini ta'kidladi. Davlatlar rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli ayni paytda mintaqada umuman yangi siyosiy muhit yaratilgani, o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan munosabatlar mustahkamlanib borayotganini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nuriddinjon Ismoilov Nurlan Nigmatullin bilan uchrashgani, O‘zbekiston va Qozog‘iston parlamentlari hamkorlik qilishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid