Sport | 15:42 / 26.11.2018
7930
1 daqiqa o‘qiladi

«PSJ» David de Xeani eng ko‘p maosh oluvchi darvozabonga aylantirmoqchi

David De Xea mavsum yakunida «Manchester Yunayted»ni tark etishi mumkin.

28 yoshli futbolchiga «PSJ» da'vogarlik qilmoqda. Ispaniyalik darvozabon «MYu» bilan amaldagi shartnomasi muddati yakunlanib, parijliklar klubi safiga yo‘l olishi kutilmoqda.

Daily Maily ma'lumotiga ko‘ra, «PSJ» De Xeaga 4 yillik shartnoma taklif qiladi. Bu shartnoma bo‘yicha u 60 million funt ishlab olishi mumkin, uning haftalik maoshi 300 ming funtga yetadi va u dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi darvozabonga aylanadi.

Darvozabonning «MYu» bilan amaldagi shartnomasi muddati 2019 yilning yozigacha tuzilgan.

Bundan avvalroq De Xea «Manchester Yunayted» bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh tortayotgani, bunga jamoaning qoniqarsiz natijalari sabab ekani haqida xabar tarqalgandi.

Mavzuga oid