Amnesty International vakili O‘zbekistonda faoliyat olib borish istagini bildirdi
Amnesty International O‘zbekistonda ishlashni xohlaydi. Buning uchun tashkilotda istak bor. Tashkilot vakili Meyzi Veycherding KUN.UZ muxbiriga bergan intervyusida shunday fikrlarni bildirdi.
2018 yil 22-23 noyabr kunlari Samarqand shahrida Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi bo‘lib o‘tdi. Anjuman davomida KUN.UZ muxbiri Inson huquqlari bo‘yicha ayrim xalqaro tashkilotlar vakillaridan qisqa intervyular oldi. Xususan, Amnesty International (International Secretariat) vakili Meyzi Veycherding (Maisy Weicherding) quyidagi fikrlarni bildirdi.
Tolib Rahmatov: – O‘zbekistonga xush kelibsiz! Birinchi savolim shundan iboratki, Amnesty International vakili sifatida Samarqand forumidan nimalarni kutyapsiz?
Meyzi Veycherding: – Samarqand forumidan nimalarni kutyapman? Birinchidan, men bu anjumanga taklif etilganimdan baxtiyorman, chunki bizning tashkilotimizga 15 yildan buyon O‘zbekistonga kirishiga ruxsat berilmas edi. Shu bilan birga, inson huquqlari bilan bog‘liq masalalarni mintaqaviy tarzda muhokama qilishga ochiq edik. Biz mintaqadagi inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari vakillari bilan uchrasha oldik, o‘z tajribalarimizni o‘rtoqlashdik, juda ajoyib tavsiyalarni ishlab chiqdik.
T.R.: – Sizning tashkilotingiz Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqdami?
M.V.: – Hozircha, bizga mamlakatga kirishga ruxsat berishdi. Biz hukumat bilan juda ham konstruktiv uchrashuv o‘tkazdik. Shunga ko‘ra, navbatdagi qadamlarimizni tashlashimiz mumkin. Albatta, bir jihatdan biz O‘zbekistonga kelishni xohlar edik. Ammo, bir vaqtning o‘zida bir vazifani uddalashni ma'qul deb hisoblaymiz.
T.R.: – O‘zbekistonda inson huquqlari bilan bog‘liq hozirgi holatni qanday baholaysiz?
M.V.: – Menimcha, bu yerda haqiqatdan ham juda muhim islohotlar o‘tkazildi. Bizning tashkilotimiz qonun ustuvorligi, adolat hamda qiynoqlar masalalariga ko‘proq e'tibor qaratadi. Misol uchun, qiynoqlarga solish borasida prezident tomonidan qiynoqlar asosida olingan ko‘rsatmalar ayblov xulosasidan joy olmasligiga doir farmon imzolandi. Bu juda muhim. Bundan tashqari, prezident imzolagan hujjatda, gumonlanuvchining qarindoshlari va yaqinlari ham qiynoqlarga solinmasligi kerak, deya ta'kidlangani shu vaqtgacha kuzatilmagan holatdir.
Endilikda, biz nimani ko‘rishni istaymiz? Biz bu hujjatlarning amaliyotga qaydarajada tatbiq etilishini ko‘rishni xohlaymiz. Chunki, farmonning mazmun-mohiyati juda ajoyib. Muhimi uning hayotga joriy etilishidir. Shunday ekan, biz jiddiy monitoring qilmoqdamiz. Shu bilan birga, ayrim NNT va matbuotga erkinlik berildi. Biz bu jarayon yanada kengayishini xohlaymiz. Shu narsa muhimki, erkinlik shu bilan to‘xtamasligi kerak, balki ijobiy ma'noda tanqid qilish imkoniga ega bo‘lish lozim. Axir, mavjud muammolarni ko‘rsatish bilan ularga yechim topilishi bor gap.
Mavzuga oid
09:10 / 06.12.2024
Isroil Amnesty International'ni soxtalashtirishlarda aybladi
11:28 / 19.08.2024
Amnesty International mojarolar hududiga qurol yetkazib berilishini qoraladi
21:53 / 29.05.2024
Dunyo bo‘ylab qatllar soni so‘nggi 10 yil ichida eng yuqori darajaga yetdi
20:40 / 19.02.2024