Jahon | 09:28 / 27.11.2018
23290
2 daqiqa o‘qiladi

Bankomat 20 dollarlik kupyura o‘rniga 100 dollar kupyurani tarqatib yubordi

Foto: KPRC 2 Houston

Xyustondagi (AQSh, Texas shtati) bankomat bilan sodir bo‘lgan voqea yakshanba kuni kechqurun kuzatildi. Mijozlardan biri kartasidan pul yechish maqsadida kelgan va yigirma dollarlik kupyura o‘rniga yuz dollarlik kupyurani olganida hayratga tushgan. U bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi, shundan keyin tuman aholisiga bankomatdan faol foydalanishni boshladi. Mahalliy rasmiylar bayonotiga ko‘ra, ayrim odamlar «bepul» pullar uchun navbatdagi o‘rin sababli tartibsizlik keltirib chiqarishgan. Bir necha soat o‘tgach, politsiya bankomatga kelib, uni to‘sib qo‘ydi va pul yechib olish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.

Dushanba kuni kunduzi Bank of America maxsus bayonot berdi, unda texniklardan biri pulni noto‘g‘ri lotokka solib qo‘ygani xabar qilindi. Shuningdek, bank mijozlarga yechib olingan pullarni yuridik oqibatlarsiz o‘zlarida qoldirishga ruxsat berdi.

Bankomatdan qancha odam foydalanishga ulgurgani va qancha pul yechib olingani haqidagi ma'lumot yo‘q.

Mavzuga oid