Jamiyat | 14:46 / 27.11.2018
5205
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat statistika qo‘mitasi qilingan ishlar yuzasidan hisobot berdi

27 noyabr kuni soat 11:00da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida «Milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida islohotlarning borishini tavsiflovchi statistik axborotlarning obektivligi hamda dolzarbligini yanada takomillashtirish yo‘nalishlari va istiqbollari» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda ishtirok etgan qo‘mita qatnashchilarining so‘zlariga ko‘ra, rasmiy statistika ma'lumotlarining maksimal darajada ochiqligi, oshkoraligi va shaffofligini ta'minlash bo‘yicha qat'iy choralar ko‘rilmoqda. O‘z navbatida, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2017 yilning 1 noyabridan boshlab, www.stat.uz rasmiy saytining yangilangan shakli ishlab chiqildi va ishga tushirildi. Saytning yangilangan shakli foydalanish uchun qulay bo‘lgan interfeysda yaratilgan. Unda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida statistik ma'lumotlar bir bo‘limda yaxlitlangan, tahliliy ma'lumotlar va press-relizlar nashr etilishi yo‘lga qo‘yilgan, barcha ma'lumotlar uch tilda (o‘zbek, rus va ingliz) joylashtirib boriladi.

Bundan tashqari, tadbirda Davlat statistika qo‘mitasining Facebook ijtimoiy tarmog‘ida sahifasi va Telegram messenjerida guruhi ochilgani aytib o‘tildi.

Shuningdek, kichik korxonalar, mikrofirmalar, dehqon va fermer xo‘jaliklari statistik kuzatuvlari takomillashtirildi, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida norasmiy faoliyatni iqtisodiyotning turli sektorlarida muntazam statistik kuzatuvlari tizimi kengaytirildi, inflyatsiya darajasini hisoblash va monitoringining yangi uslubiyati joriy etildi, «Milliy hisoblar tizimi — 2008» tavsiyalari asosida hisobning uslub va uslubiyatlari takomillashtirilgani haqida jurnalistlarga aytib o‘tildi.

Mavzuga oid