Light | 01:42 / 27.11.2018
31937
4 daqiqa o‘qiladi

Qovoq mavsumi! Teri va sochlar uchun foydasi

Qovoqlar mavsumi avjida! Demak, nafaqat qovoqli latte ichishingiz va qovoq sho‘rva tayyorlashingiz, balki bu mahsulotning foydali kosmetik xususiyatlariga ham alohida ahamiyat berishingiz kerak. Uning barcha ijobiy jihatlari haqida ma'lumot olgach, har yili bu mavsumdan unumli foydalanmaganingizga afsuslanasiz.

Qovoqning foydali jihatlari nimalardan iborat?

U terining o‘lik hujayralarini yo‘qotib, unga sog‘lom jilo beradigan alfa-gidroksikislotalardan (glikol va sut kislotalari kabi) iborat. Qovoq tarkibida beta-karotin, A vitamini bo‘lib, u ajinlarga qarshi kurashda yordam  beradi. Tsink esa husnbuzarlarning oldini olib, terining tiklanishiga xissa qo‘shadi. Qovoq tarkibidagi S vitamini immunitetni ko‘taradi, V vitamini esa qon aylanishini yaxshilaydi. Kaliy esa o‘z navbatida sochlar salomatligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Qovoqning go‘zallik uchun foydali jihatlari

Foto: Pixabay

1. Yog‘li teriga qarshi kurashda yordam beradi

Oqsilli toksinlarni yo‘qotadi. Yog‘li terini davolash uchun 1 osh qoshiq qovoq pyuresini ¼ choy qoshiq olma sirkasi bilan aralashtiriladi. Pasta nam teriga surtilib, qurishi uchun 15-20 daqiqaga qoldiriladi (agar teri ta'sirchan bo‘lsa, u holda 10 daqiqaga). Dastlab iliq, keyin esa sovuq suv bilan yuvib tashlanadi. Ana undan keyin namlantiruvchi krem surtsangiz bo‘ladi.

2. Qarishga qarshi effektga ega

Qovoqni doimiy ravishda me'yorida iste'mol qilish vaqtdan ilgari qarishning oldini olish (ajinlar, qora dog‘lar)ning samarali usuli hisoblanadi. Antioksidantlar va S vitamini bunda yordamga keladi.

3. Husnbuzarlarni davolashda yordam beradi

Husnbuzarlarning paydo bo‘lish sabablari juda ko‘p. Ulardan eng asosiysi – terining epidermis hujayralari, kosmetik vositalar sababli ifloslanishi. Qovoq tarkibidagi antioksidantlar organizmning erkin radikallari bilan kurashadi. Shu yo‘l bilan teridagi mayda teshikchalarini yallig‘lanishdan asraydi. Bu esa terining toksinlar va boshqa teri chiqindilaridan xalos bo‘lishiga yordam beradi. Qovoqni iste'mol qilishning foydasidan tashqari uni pyuresini yuzga maska sifatida surtish ham mumkin.

Foto: Pixabay

4. Lab uchun foydali

Qovoq lab uchun tabiiy balzam sanaladi.

5. Sochlar o‘sishiga yordam beradi

Qovoq – kaliy, sink va boshqa minerallarga boy. Kaliy sochlar salomatligini qo‘llab quvvatlash, regeneratsiyani yaxshilashda yordam beradi. Tsink esa sochlar salomatligini saqlashda muhim o‘rin tutadi. Qovoqda qon aylanishini yaxshilash orqali sochlarning o‘sishiga yordam beruvchi folat, B vitaminlari ham bor.

6. Sochlarning vaqtidan oldin oqarishining oldini oladi

Qovoqni doimiy ravishda iste'mol qilish yoki bosh terisi uchun maska sifatida qo‘llash –sochlarning oqarishidan himoya qiladi. Bu afzallik qovoq tarkibidagi antioksidantlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular sochlar hamda bosh terisini tashqi muhitning salbiy ta'siridan himoya qiladi.

Foto: Pixabay

7. Soch to‘kilishining oldini oladi

Bu qovoq tarkibidagi to‘yintiruvchi moddalar sochlarimiz va bosh terisining namlanishini ta'minlab, qon aylanishini yaxshilashi hamda sochlar o‘sishiga hissa qo‘shishi  bilan bog‘liq. Bunga qo‘shimcha tarzda qovoq tarkibidagi antioksidantlar bosh terisiga erkin radikallar sabab zarar yetishining oldini oladi. Shuning uchun soch to‘kilishi muammosini kamaytiradi.

Bu muhim: qovoqdan kosmetik maqsadlarda foydalanishdan oldin unga allergiyangiz yo‘qligiga ishonch hosil qiling. Tushunganingizdek u oziq ko‘rinishida ham, turli maska, balzam va konditsionerlar ko‘rinishida ham foydali. Teri va sochlaringizning mustahkam sog‘ligini ta'minlaydigan tabiiy mahsulot.

Mavzuga oid