Jahon | 08:33 / 29.11.2018
78885
2 daqiqa o‘qiladi

Uchinchi jahon urushi holatiga eng yaxshi panohgoh davlatlar reytingi tuzildi

International SOS and Control Risks sayyohatlar xizmati mutaxassislari Uchinchi jahon urushi vaqtida uning o‘tib ketishini eng xavfsiz poylash mumkin bo‘lgan davlatlar reytingini tuzdi. Bu ro‘yxatni Express nashri chop etdi.

Reytingga Lixtenshteyn yetakchilik qilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu davlat nisbatan osoyishta hisoblangan Shveytsariya va Avstriya davlatlari o‘rtasida joylashgan. Bundan tashqari, Lixtenshteyn ko‘chalarini ko‘p sondagi politsiyachilar nazorat qiladi. 

Lixtenshteyn
Foto: Wikipedia

2-o‘rinni Grenlandiya egalladi. Daniyaning muxtor hududi bo‘lgan ushbu orol chekkada joylashgani sababli biror-bir ixtiloflardan uzoq. Mutaxassislar, shuningdek, u yerda jinoyatchilik darajasi pastligi sababli uni xavfsiz deb topishgan. 

Grenlandiya
Foto: Wikipedia

3-o‘ringa Lyuksemburg qo‘yilgan. Bu mitti davlatda sog‘liqni saqlash, infratuzilma va xavfsizlik yaxshi rivojlangan. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ushbu davlatda eng “og‘ir” jinoyat kissavurlik hisoblanadi. Biroq Lyuksemburg eng boy davlatlardan biri hisoblanadi va shu sababli u yerda urush o‘tishini poylab o‘tirish qimmatga tushadi.

Lyuksemburg
Foto: Wikipedia

Eng yaxshi panohgoh davlatlar ro‘yxatiga Islandiya ham kirgan. U ham Grenlandiya kabi chekkaroq joylashgani sababli xavfsiz hisoblanadi, biroq Lyuksemburg kabi yashash qimmatdir. Mamlakatda jinoyatchilik darajasi juda past va doimiy armiya mavjud emas. 

Grenlandiya
Foto: Wikipedia

Mavzuga oid