Sport | 11:42 / 30.11.2018
10057
1 daqiqa o‘qiladi

Argentina terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlandi

Foto: Getty Images

Argentinalik mutaxassis Lionel Skaloni mamlakat terma jamoasiga bosh murabbiy qilib tayinlandi.

Mamlakat futbol federatsiyasi rahbari Klaudio Tapia xabariga ko‘ra, Skaloni 2019 yil iyul oyida o‘tkaziladigan Amerika Kubogi turniri yakuniga qadar terma jamoada ishlaydi.

«Biz terma jamoadan nimani istayotganimizni tushunib olishimiz kerak. Skaloni ishini hammamiz ko‘rdik, shu  tufayli, u Amerika Kubogi yakuniga qadar terma jamoada qoladi», - dedi Tapia.

Eslatib o‘tamiz, Skaloni shu yilning avgust oyida sobiq bosh murabbiy Xorxe Sampaoli o‘rniga vaqtinchalik tayinlangan edi. Uning qo‘l ostida Argentina 6ta o‘yin o‘tkazib, 4 marta g‘alaba qozondi, 1 marta durang o‘ynadi va 1 marta yutqazdi.

Mavzuga oid