Germaniya Azov dengiziga oid taklif bilan chiqdi
Milanda o‘tkazilgan YeXHT vazirlar yig‘ilishi davomida Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas tashkilotning Ukrainadagi kuzatuvchilar missiyasini Azov dengizigacha kengaytirish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Zeit xabar bermoqda.
«Bu oson ish emas, chunki tomonlarning pozitsiyalari hali juda qattiqdir. Mening fikrimcha, bu Ukraina tomoni uchun yaxshi, lekin Rossiya tomoni juda shubha bilan qaramoqda», - deya qayd etib o‘tdi Maas.
Kutilishicha, Germaniya tashqi siyosat idorasi rahbarining taklifi 11 dekabr kuni, Rossiya va Ukraina vakillari o‘rtasidagi uchrashuv davomida muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Kerch bo‘g‘ozidagi hodisaga harbiy javob bo‘yicha rejalarga aniqlik kiritgandi.
Mavzuga oid
10:30 / 24.12.2024
Germaniya Kiyevga keng qamrovli yangi qurollar paketini taqdim etadi
15:36 / 23.12.2024
Qora dengiz sohillarini mazut qopladi - tankerlar halokati oqibatlari fotosuratlarda
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
08:03 / 21.12.2024