«Investitsiyalar va investitsion faoliyat to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasining «Investitsiyalar va investitsion faoliyat to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ochiq muhokama qilish uchun joylashtirildi.
Davlat investitsiya qo‘mitasi ekspertlarining fikricha, qonun loyihasi mavjud tarqoq investitsiya qonunchiligini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimiga investitsion muhitning birligini, mahalliy va xorijiy investorlar huquqlarining teng huquqliligini, investitsion faoliyat yurituvchi sub'yektlarning iqtisodiy erkinligini ta'minlaydigan yagona qonuniy hujjat sifatida kiradi.
Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• investitsion munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish;
• investitsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini huquqiy tartibga solish va optimallashtirish;
• investitsion faoliyatni tartibga solishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
• tushunchalar tizimini tartibga solish;
• investitsion qonunchilikdagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va nizolarni hal qilish;
• investitsiya loyihalarini amalga oshirishda davlat-xususiy sektor hamkorligini rivojlantirishga ko‘maklashish;
• investitsion faoliyatni tashkil etish va rivojlantirishni monitoring qilish tizimini rivojlantirishga ko‘maklashish;
• investitsion faoliyatni rivojlantirishda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish;
• investitsiya obektlarining huquqiy muhofazasini kuchaytirish.
Qonun loyihasida quyidagi yangiliklarni joriy etish ko‘zda tutilgan:
1. Xalqaro hujjatlar va tajribalar asosida ishlab chiqilgan investorlar va investitsiyalarni himoya qilish va investitsiyaga qarshi choralarning oldini olishga qaratilgan yangi normalarni joriy etish.
2. Mahalliy va xorijiy investorlar uchun yagona huquqiy rejimni joriy etish.
3. Investitsiyalar, xorijiy investitsiyalar, investor, xorijiy investor, investitsion faoliyat, investitsion faoliyat sub'yektlari, investitsion faoliyat ishtirokchilari, investitsion kafolatlar va shu kabi asosiy tushunchalarni qayta ko‘rib chiqish.
4. Kamsitishlar, qonunchilikdagi salbiy o‘zgarishlarga nisbatan yangi kafolatlar, huquqiy muhofaza, investitsiyalarning turli shakllaridan foydalanish bo‘yicha kafolatlar joriy etish.
5. Quyidagi yangiliklarni joriy etish:
• investitsiya ombudsmani;
• investitsiya kompaniyasi;
• «yagona oyna» xizmati;
• investitsion soliq krediti;
• venchur fondi;
• startap-kompaniyasi;
• mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimlar;
• ma'naviy zararni qoplash va tovon;
• innovatsion ishlab chiqarishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
• konsessiyalar va mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimlarning qayta ko‘rilish muddati;
• xorijiy investitsiyalar;
• xorijiy investorlar uchun qo‘shimcha kafolatlar va boshqalar.
«Investitsiyalar va investitsiyalar faoliyati to‘g‘risida»gi qonun loyihasining muhokamasi joriy yilning 21 dekabrigacha davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, 22 noyabr kuni Adliya vazirligi barcha vazirlik, idora va tashkilotlarga xat chiqarib, yurtimizda «Davlat tili haqida»gi qonun borligini yana bir bor eslatib, bundan keyin muhokama qo‘yilayotgan loyihalarni albatta davlat tilida (ya'ni o‘zbek tilida), zaruriyat tug‘ilganda esa boshqa tillarda portalga joylashtirishni so‘ragandi.
Mavzuga oid
20:43 / 23.12.2024
Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
21:28 / 19.12.2024
2025 yilda 43 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda
16:43 / 10.12.2024
Toshkent viloyatining meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarida 3 marta hosil olish yo‘lga qo‘yiladi
16:26 / 07.12.2024