Jahon | 13:43 / 08.12.2018
45488
1 daqiqa o‘qiladi

London Kremlga yaqin oligarxlarni belgilab oldi. Alisher Usmonov ham ro‘yxatda

Foto: Mixaila Mettselya / TASS

Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari Kremlga yaqin deb hisoblanuvchi rossiyalik tadbirkorlarga bosimni kuchaytirish niyatida. Bu haqda The Daily Telegraph xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, ro‘yxatdan Roman Abramovich, Alisher Usmonov, Oleg Deripaska, Igor Sechin, shuningdek, Boris va Arkadiy Rotenberg joy oldi.

Nashrning xabar berishicha, ro‘yxat bosh vazir Tereza Meyga taqdim etilgan va u hujjatni ma'qullagan. Endi London ro‘yxatni ittifoqchi davlatlar maxsus xizmatlariga topshirishni rejalashtirmoqda.

Nashrning Britaniya hukumatidagi manbasi aniqlik kiritishicha, ko‘rsatilgan shaxslarga Buyuk Britaniya hamda boshqa mamlakatlarda erkin harakatlanish va ishlash cheklab qo‘yiladi. Bu kampaniya GRU sobiq xodimi Sergey Skripal va uning qizi zaharlanganiga javob bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya maxsus xizmatlari olti nafar rossiyalik tadbirkorga bosimni kuchaytirishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid