Jahon | 12:08 / 09.12.2018
17832
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Yevropa va AQSh Rossiya kemalari uchun o‘z portlarini yopishi kerakligini aytdi

Foto: REUTERS

Kiyev agarda Yevropa mamlakatlari va AQSh Rossiya kemalari uchun o‘z portlarini yopishga rozi bo‘lishsa, bu borada zudlik bilan ishga kirishishga tayyor. Bu haqda Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

"Rossiya Ukraina hududiy suvlarida harakatlanish erkinligini cheklamoqda. Yevropa va AQSh Rossiya kemalari uchun o‘z portlarini yopishlari kerak va bu borada zudlik bilan qanday choralar ko‘rilishi borasida hamkorlik qilishga tayyormiz", - ta'kidladi Poroshenko. 

U yana bir bor Rossiyaning ehtimoliy hujumidan himoyalanish uchun G‘arbdan qurol olmoqchi ekanligini bildirdi.

Mavzuga oid