Light | 00:46 / 10.12.2018
11547
4 daqiqa o‘qiladi

Sevimli mashg‘ulotlar uchun bo‘sh vaqt topishning 12 imkoniyati

Mutolaa, jismoniy mashqlar yoki meditatsiya uchun hech ham vaqt topa olmaysizmi? Taym-menejment bo‘yicha mutaxassis Laura Vanderkam hatto eng band kishilarda ham kun davomida zaruriy ishlar uchun sarflash mumkin bo‘lgan kamida 12 ta yashirin imkoniyat mavjud, deb hisoblaydi.

6:30

Soat uyg‘otkich qo‘ng‘irog‘ini soat yettiga qoldirish kerak emas. Darhol o‘rningizdan turing. Yugurish mashqini bajarish uchun sizda 30 daqiqa bo‘sh vaqt bor. O‘zingizni yanada ko‘proq kuchga to‘lgandek his etasiz.

7:15

Dushda meditatsiya qiling. Ko‘pchilik odamlar yuvinish vaqtida turli fikrlarga berilishadi. Nima uchun o‘z fikrlaringizni ijobiy tomonga yo‘naltirmasligingiz kerak?

7:45

Telefonda biror narsa o‘qing. Asurion kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot o‘rtacha amerikaliklar smartfonlarini kuniga 80 marta tekshirishlarini ko‘rsatdi. 10 martasini ijtimoiy tarmoqlarni ongsiz ravishda sahifalashga emas, kitob mutolaasiga bag‘ishlang.

8:00

Ishga do‘stingiz bilan birga boring. Albatta, har kuni birga borish noqulay, biroq hech bo‘lmaganda haftasiga bir marta ishga birga ketish haqida kelishib oling — ana o‘shanda vaqtni a'lo o‘tkazasiz hamda do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlaysiz.

9:00

O‘zingizni 20/45 qoidasiga odatlantiring. Ko‘plab 30 va 60 daqiqalik majlislarni 20 va 45 daqiqagacha mos ravishda qisqartirish mumkin. Majlislarga juda ko‘p vaqt sarflamaslikka harakat qiling — u juda qimmatli resurs.

10:45

Tanaffuslarni chekmasdan o‘tkazing. Chekish sog‘liq uchun zarar, shuning uchun o‘rningizdan turing va muayyan soatdan keyin sayrga chiqing. 

12:00

Internetdagi xaridlarga kamroq vaqt sarflang. Tushlikda internet do‘konga kirish va u yerdan keraksiz buyumni xarid qilish ehtimoli katta. Umuman olganda, xaridlarni oldindan rejalashtiring — ana o‘shanda onlayn-shoping uchun vaqtni teng baravar qisqartirishga erishasiz.

14:15

O‘zingizni ustoz rolida sinab ko‘ring. Kichik hamkasblardan birini sayr va suhbat uchun chaqiring. Ofis tashqarisida ular sizdan ish borasidagi muhim savolni so‘rashdan cho‘chimasalar kerak.

17:30

Ko‘ngillilik faoliyati bilan shug‘ullaning. Agar biror xayriya ishida ishtirok etishni istasangiz, g‘oyangizni ortga surmang.

20:00

Uy ishlariga o‘zingizni ko‘mib tashlamang. Har kuni uy ishlarini bajarishga 30 daqiqa vaqt ajrating (yig‘ishtirish va ovqat tayyorlashdan tashqari). Uyni tartibga solish uchun 15 daqiqalik cheklov o‘rnating. Agar ishlarni ko‘rsatilgan muddatda yakunlamagan bo‘lsangiz, demak ular shoshilinch emas.

21:30

Televizorni o‘chiring. To‘liq jadval bo‘yicha ishlaydigan ko‘pchilik odamlar televizorni kuniga ikki soatdan ortiq vaqt davomida tomosha qilishga intilishadi. Bu vaqtni 90 daqiqagacha qisqartiring. Ana o‘shanda sizda o‘qish, cholg‘u asbobida chalishni o‘rganish yoki oila hamda do‘stlar bilan xotirjam suhbatlashish uchun yarim soat vaqt paydo bo‘ladi.

22:30

Uxlashga yoting. Katta odamlar ertaroq yotishga harakat qilishadi. Ana o‘shanda tongda soat uyg‘otkichini biroz kechga qoldirish istagi paydo bo‘lmaydi va yangi kunni unumli boshlaysiz.

Mavzuga oid