Toshkentda ov mavsumi boshlandimi yoki shahar markazida miltiq bilan yurganlar kim?
Bugun, 15 dekabr kuni soat taxminan 13:30-14:00lar atrofida Toshkent shahrining K.Yormatov ko‘chasida kutilmagan hodisa yuz bergan. Chilonzor tumani hududidan oqib o‘tgan Oqtepa kanali bo‘yida 3-4 nafar shaxs qo‘lida noma'lum qurol - miltiq bilan yurganligi aniqlangan.
Mover'da ko‘rish
Youtube'da ko‘rish
Ushbu shaxslardan biri Kun.uz nashri xodimining nega miltiq bilan yurishganligi haqidagi so‘roviga kanaldagi o‘rdaklarni ovlayotganligini aytgan.
Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi. Ushbu shaxslarning shahar markazida, aholi gavjum va transport vositalari serqatnov bo‘lgan hududda miltiq bilan ov qilishi mumkinmi?
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 02.05.2006 yilda 1569-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va baliq tutish qoidalari”ga ko‘ra, shaharlar va shahar tipidagi posyolkalardan 1 km.dan yaqin masofada, boshqa aholi punktlaridan 300 m yaqinda, avtobus qatnoviga ega yo‘llardan 150 m yaqin masofada ov qilish taqiqlanadi.
Mazkur qoidalarga muvofiq, qurollardan tegishli ruxsatsiz ov qilish ma'n etilgan.
Ushbu “ovchilar”ning qurol yordamida ov qilish uchun tegishli ruxsatnomaga ega yoki ega emasligi bizga qorong‘u. Biroq, ularning Toshkent shahrining qoq markazida, aholi yashash joyiga juda yaqin masofada, bundan tashqari, avtomobil yo‘lining yonginasida qurol bilan ov qilishi yuqorida qayd etilgan qoidalarga qay darajada muvofiqlik nuqtai nazaridan vakolatli organlar tomonidan o‘rganilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
P/S: Kun.uz tahririyati ushbu fuqarolarning shaxsi, quroldan foydalanishga ruxsatnomasi bor yoki yo‘qligi, shuningdek, qurolning rusumi bo‘yicha ma'lumotlarga ega emas.
Mavzuga oid
15:38 / 12.12.2024
OAV: Rossiya Yevropa Ittifoqi va AQShdan snayper miltiqlarini olyapti
12:41 / 10.11.2024
Toshkentda litsey o‘qituvchisi o‘quvchini do‘pposladi
15:30 / 22.10.2024
Toshkentda Lacetti ikki piyodani urib yubordi
21:29 / 27.09.2024