Jahon | 17:00 / 16.12.2018
13752
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp Erdo‘g‘anga Gulenni Turkiyaga topshirish masalasi ustida ish olib borilayotganini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Buenos-Ayresdagi G20 sammiti doirasida Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘anga Fathulloh Gulenni ekstraditsiya qilish masalasi ustida ish olib borilayotganini aytgan. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li ma'lum qildi.
"O‘tgan safar Buenos-Ayresda uchrashuvda prezident Tramp Erdo‘g‘anga ular bu borada ish olib borishayotganini aytdi, ammo biz aniq qadamlarni ko‘rishimiz kerak", dedi Chovusho‘g‘li Dohada bo‘lib o‘tgan anjumanda.
Turkiya hukumati Gulenning FETO tashkilotini 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga urinishda ayblamoqda. AQShda yashayotgan Gulen esa bu ayblovni rad etmoqda.
Mavzuga oid
22:06 / 02.12.2024
Tramp va qudalar: yahudiy quda elchi, livanlik quda maslahatchi bo‘ladi
15:26 / 21.10.2024
Fathulloh Gulen vafot etdi. Erdo‘g‘an uni Turkiyadagi isyon tashkilotchisi sifatida ayblagandi
19:03 / 16.06.2023
Turkiyada FETÖ tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha rahbari 21 yilga qamaldi
17:25 / 08.02.2023