Jahon | 17:01 / 17.12.2018
7749
2 daqiqa o‘qiladi

Angliya bosh prokurori Brexit’dan keyin Mey «olib tashlanishi» haqida ma'lum qildi

Foto: Wiktor Szymanowicz/Barcroft Images

Angliya va Uels bosh prokurori Jyeffri Koksning vazirlar mahkamasiga xabar berishicha, Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Brexit’dan keyin o‘z lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda The Telegraph manbalarga tayangan holda yozmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Mey «lavozimidan chetlashtirilishi» mumkin, keyin esa boshqalar uning ishini davom ettiradilar va Yevropa ittifoqini tark etish shartlari haqida qaytadan bir qarorga keladilar. Hozircha esa, vazirlar Mey tomonidan taklif etilgan variantni «yutib yuborishi» kerak. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mey Brexit bo‘yicha yangi referendum o‘tkazish imkoniyatini baholagandi.

Uning fikricha, Brexit bo‘yicha yangi referendum Britaniya hukumati siyosatiga juda jiddiy zarar keltiradi - ikkinchi referendum saylovchilar ko‘z o‘ngida hukumatning «demokratiyani amalga oshirish» imkoniyatini so‘roq ostida qoldiradi.

Mavzuga oid