«Alahlash». Rossiya GRU sobiq boshlig‘i haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi
Rossiya Mudofaa vazirligi AQSh prezidentining sobiq maslahatchisi Maykl Flinn tomonidan FQB so‘roq qilgan paytda GRU rahbari Igor Sergun Livanda vafot etgani haqida berilgan bayonotga munosabat bildirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«AQSh Adliya vazirligi yordamida tarqatilayotgan mish-mishlar bema'nilik. 2016 yilning 3 yanvar kuni vafot etgan Rossiya Qahramoni general-polkovnik Igor Dmitriyevich Sergun go‘yoki Livanda bo‘lgani haqidagi ma'lumotlar umuman asossiz», - deya ma'lum qilishgan Mudofaa vazirligidan.
Mudofaa vazirligidan qayd etishlaricha, Sergun 2016 yilning yanvarida Rossiyada bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq GRU sobiq boshlig‘ining o‘limi haqida yangi ma'lumot tarqalgani, u Livanda vafot etgani xabar berilgandi.
Ma'lumot uchun: Igor Dmitriyevich Sergun 1957 yilning 28 mart kuni Podolskda tug‘ilgan. 2011 yilning 26 dekabridan 2016 yilning 3 yanvariga qadar GRU boshlig‘i bo‘lgan, general-polkovnik (2015).
Mavzuga oid
14:58
YeI Rossiyaning «soyadagi floti»ga qarshi yangi sanksiyalar paketini taklif qiladi
13:09
Migrantlar allaqachon Rossiyadan boshqa tomonga qaramoqda – rossiyalik gubernator
12:48
Bokudagi deputat: Rossiya samolyot halokati uchun uzr so‘rashi kerak
10:31